IELTS Academic · Computer-delivered
Real imtihondagidek mashq qiling
Reading va Listening mock'lari: interfeys, taymer va savol turlari computer-delivered IELTS'dagidek. Topshirgach har savol bo'yicha natijani darhol ko'rasiz.
Bepul mock topshirishMavjud testlar
Mock 1
Academic Reading
Mock 1 — Reading
40 savol · 60 daqiqa
Listening
Mock 1 — Listening
40 savol · ~26 daqiqa
Mock 2
Academic Reading
Mock 2 — Reading
40 savol · 60 daqiqa
Listening
Mock 2 — Listening
40 savol · ~25 daqiqa
Qanday ishlaydi
Testni topshiring
Ro'yxatdan o'tish shart emas. Taymer, savol paneli va javob kiritish real imtihondagidek.
Natijani darhol ko'ring
To'g'ri javoblar soni, taxminiy band va har savol bo'yicha tahlil — topshirgan zahoti.
Saqlang va o'sishni kuzating
Google yoki Telegram orqali kiring: natijalar saqlanadi, kabinetda band dinamikasi va zaif savol turlari ko'rinadi.
Ko'p so'raladigan savollar
Bu bepulmi?
Ha. Reading va Listening mock'lari bepul, karta yoki to'lov ma'lumoti so'ralmaydi.
Ro'yxatdan o'tish shartmi?
Yo'q. Testni darhol topshirib, natijani ko'rishingiz mumkin. Kirish faqat natijani hisobingizda saqlash va o'sishni kuzatish uchun kerak.
Band qanday hisoblanadi?
To'g'ri javoblar soni keng tarqalgan ommaviy jadval bo'yicha bandga o'giriladi. Bu taxmin — rasmiy IELTS natijasi emas. Band faqat to'liq 40 savollik test uchun ko'rsatiladi.
Listening audiosi qanday tayyorlangan?
Skriptlarni biz yozamiz, ovozni Google Cloud Text-to-Speech yaratadi: Britaniya, Amerika, Avstraliya va Hindiston aksentlari. Audio test davomida bir marta eshitiladi.
Real computer-delivered imtihonga qanchalik yaqin?
Joylashuv bir xil: chapda matn, o'ngda savollar, pastda savol raqamlari, yuqorida taymer. Listening'da audio to'xtatilmaydi, oxirida javoblarni tekshirish uchun 2 daqiqa beriladi. Matn va savollar originaldir.
Rasmiy IELTS bilan aloqasi bormi?
Yo'q. Bu mustaqil mashq platformasi. British Council, IDP yoki Cambridge bilan bog'liq emas va ular tomonidan tasdiqlanmagan.