Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 3-noyabr, 2026
1. Operator va aloqa
EngliMock sayti orqali to'planadigan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlovchi (operator) — Davlatov Davron. Savol, so'rov yoki shikoyat uchun quyidagi manzillarga yozing:
- Telegram: @hertz220
- Email: elton16091982@gmail.com
2. Qanday ma'lumot to'planadi
Testlarni hisobga kirmasdan topshirish mumkin. Mehmon rejimida shaxsiy ma'lumot to'planmaydi: javoblaringiz baholash uchun serverga yuboriladi, lekin saqlanmaydi; jarayon va natija faqat brauzeringizda qoladi (7-bo'lim).
Hisobga kirsangiz, quyidagilar saqlanadi:
- Google orqali kirganda: ismingiz, Google hisobi identifikatori va email manzilingiz (faqat Google uni tasdiqlangan deb belgilagan bo'lsa).
- Telegram orqali kirganda: Telegram identifikatoringiz (ID), ismingiz va foydalanuvchi nomingiz (username, agar bo'lsa).
- Hisob ma'lumoti: hisob yaratilgandagi interfeys tili, rol (talaba, ustoz yoki administrator), hisob yaratilgan va kirish usuli ulangan sana.
- Saqlangan urinishlar: qaysi test, javoblaringiz, har savol to'g'ri yoki noto'g'riligi, ball, taxminiy band, testni boshlash va topshirish vaqti.
- Ustozlar uchun: kontentni tekshirishda qoldirilgan izohlar va hukmlar (muallif ismi bilan, boshqa ustozlarga ko'rinadi).
- Writing: insho matni, so‘zlar soni va baholash holati; juda qisqa javoblarga avtomatik ball beriladi. AI baholash hali ishga tushmagan.
Profil rasmi, telefon raqami, parol yoki to'lov ma'lumoti to'planmaydi.
3. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi
- natijalaringizni saqlash va kabinetda ko'rsatish (urinishlar tarixi, band dinamikasi, zaif savol turlari);
- hisobingizga kirish va uni himoyalash;
- ustozlar uchun kontentni tekshirish va tasdiqlash.
4. Qayta ishlash asosi
Asos — sizning roziligingiz: Google yoki Telegram orqali kirish bilan siz ushbu siyosatda yozilgan ma'lumotlarning saqlanishiga rozilik bildirasiz. Rozilikni istalgan vaqtda akkauntni o'chirish orqali qaytarib olishingiz mumkin (9-bo'lim).
5. Ma'lumot qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar O'zbekistondan tashqarida, Germaniyadagi serverlarda saqlanadi va qayta ishlanadi:
- Ma'lumotlar bazasi — Neon (Amazon Web Services, Frankfurt);
- server funksiyalari (kirish, natijani saqlash va o'qish) — Vercel (Frankfurt,
fra1). Statik sahifalar Vercel'ning global CDN tarmog'i orqali yetkaziladi; ularda shaxsiy ma'lumot yo'q; - Listening audio fayllari — Cloudflare R2. U yerda faqat test audiosi turadi, shaxsiy ma'lumot yo'q.
6. Uchinchi tomonlar
- Google va Telegram — kirish uchun. Siz ular sahifasida ruxsat berasiz, ular bizga 2-bo'limdagi ma'lumotni uzatadi.
- Vercel va Neon — sayt va baza xostingi (5-bo'lim). Xosting provayderi so'rovlarni texnik qayta ishlash jarayonida IP manzil va brauzer ma'lumotini ko'radi; biz ularni bazamizda saqlamaymiz.
- Google Cloud Text-to-Speech — Listening audiosini yaratish uchun. Unga faqat test skripti yuboriladi, foydalanuvchi ma'lumoti yuborilmaydi.
8. Saqlash muddati
Hisob ma'lumoti va saqlangan urinishlar akkauntingiz o'chirilguncha saqlanadi. Brauzerdagi ma'lumot siz uni tozalaguningizcha (yoki jadvaldagi muddatgacha) qoladi.
9. Sizning huquqlaringiz
- Ko'rish: saqlangan natijalaringiz «Natijalar» sahifasida, hisob ma'lumoti «Hisob» sahifasida.
- O'chirish: «Hisob» sahifasidagi «Akkauntni o'chirish» tugmasi akkauntingiz, ulangan kirish usullari va barcha saqlangan natijalaringizni darhol va butunlay o'chiradi. Ustoz izohlari bor hisoblar aloqa orqali o'chiriladi.
- Boshqa so'rovlar (ma'lumotni tuzatish, savollar) — aloqa orqali:
- Telegram: @hertz220
- Email: elton16091982@gmail.com
10. Voyaga yetmaganlar
Agar sizga 18 yosh to'lmagan bo'lsa, hisobga kirishdan oldin ota-onangiz yoki vasiyingiz roziligini oling. Mehmon rejimida testlarni shaxsiy ma'lumotsiz topshirish mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ma'lumoti roziliksiz saqlanganini bilsangiz, aloqa orqali yozing — uni o'chiramiz.
11. Siyosatdagi o'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi «Oxirgi yangilanish» sanasi o'zgaradi. To'planadigan ma'lumot tarkibi kengaysa, bu o'zgarish kuchga kirishidan oldin shu sahifada yoziladi.