IELTS Reading mock testi — onlayn va bepul
IELTS Academic Reading'ga tayyorlanayotgan bo'lsangiz, eng foydali mashq — vaqt bilan, real imtihondagi ekranda ishlash. Bu yerda shunday mock'larni bepul topshirasiz: ro'yxatdan o'tmasdan, telefon yoki kompyuterda.
Har bir mock to'liq: uchta matn, 40 savol va 60 daqiqalik taymer. Topshirgan zahoti qaysi savolda adashganingizni va taxminiy bandingizni ko'rasiz.
Imtihon formati
Academic Reading bo'limi quyidagicha tuzilgan:
- Vaqt: 60 daqiqa. Kompyuterda javoblar to'g'ridan-to'g'ri ekranga yoziladi.
- Matnlar: uchta bo'lim, jami taxminan 2150–2750 so'z. Ular kitob, jurnal, gazeta va onlayn manbalardan olinadi, mutaxassis bo'lmagan o'quvchi uchun yozilgan; mavzular bakalavr yoki magistrga qiziq bo'ladigan darajada. Kamida bitta matnda batafsil mantiqiy argument bo'ladi.
- Savollar: 40 ta, har to'g'ri javob bir ball. Ball keyin 0–9 shkaladagi bandga o'giriladi.
- Savol turlari: rasmiy formatda o'n bir xil tur bor — bir javobli test, rost/yolg'on/berilmagan, sarlavhalarni moslash, gap va xulosani to'ldirish va boshqalar.
Qiyinlik matnlar oshib borishida: odatda birinchi matn osonroq, uchinchisi uzunroq va mavhumroq bo'ladi. Shuning uchun vaqtni teng bo'lish emas, oxirgi matnga ko'proq qoldirish muhim.
Bizning mock qanday ishlaydi
Ekran computer-delivered IELTS'dagidek tuzilgan: chapda matn, o'ngda savollar, pastda savol raqamlari paneli, yuqorida taymer. Telefonda matn va savollar yorliqlar orqali almashadi.
- Matnda so'zlarni ajratib, eslatma qoldirish mumkin — real imtihondagi kabi.
- Shubhali savolni belgilab, keyin pastki paneldan unga qaytasiz.
- Matn o'lchamini kattalashtirish mumkin.
- Javoblar brauzerda avtomatik saqlanadi: sahifa yangilansa ham yo'qolmaydi. Vaqt tugasa, test o'zi topshiriladi.
Topshirgach har savol bo'yicha javobingiz va to'g'ri javob ko'rsatiladi. Natijani saqlab, keyingi mock'lardagi o'sishni kuzatish uchun Google yoki Telegram orqali kiring.
Barcha matn va savollar loyiha uchun original yozilgan va ustoz tekshiruvidan o'tgan. Kitoblardan yoki boshqa saytlardan ko'chirilmagan, shuning uchun siz ularni avval ko'rmagansiz.
Mock'larimizdagi savol turlari
- Rost / Yolg'on / Berilmagan
- Gapni to'ldirish
- Sarlavhalarni moslash
- Bitta javobli test
- Xulosani to'ldirish
- Ha / Yo'q / Berilmagan
- Ma'lumotlarni moslash